Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2017 21:04 Chop etish versiyasi

Teatr yangi mavsumni boshladi

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida yangi mavsum ochilishiga bag‘ishlangan sayyor matbuot anjumani o‘tkazildi.

Milliy matbuot markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda teatr vakillari, san’atshunos olimlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, teatrlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 31-maydagi «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bunda muhim dasturilamal bo‘layotir.

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri ijodkorlari yangi mavsumda ham g‘oyaviy-badiiy jihatdan puxta, zamonaviy qahramon obrazi aks etgan asarlar bilan tomoshabinlarni mamnun etishni rejalashtirgan.

– Prezidentimiz 2017-yil 3-avgust kuni O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda madaniyat sohasida jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlarimizni haqiqiy san’atni anglashga o‘rgatishda biz, san’atkorlar oldida muhim vazifalar turganini alohida ta’kidladi, – deydi teatr direktori, O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov. – Ushbu vazifalarni bajarish uchun salohiyatimizni oshirish, yangi ijodiy izlanishlar bilan teatr repertuarini boyitish, barkamol shaxslarni tarbiyalashga hissa qo‘shish asosiy maqsadimizdir.

Tadbir so‘ngida «Tohir va Zuhra» spektakli namoyish etildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
1 583






Все о погоде - Pogoda.uz