O‘zA O`zbek

06.12.2017 17:52 Chop etish versiyasi

Suratlarda ona zamin tavsifi

Suratlarda ona zamin tavsifi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Toshkent Fotosuratlar uyi yurtimiz foto ustalarining ijodiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, yosh fotohavaskorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, o‘sib kelayotgan navqiron avlod qalbida sadoqat, vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdek ulug‘ ishlarga hissa qo‘shib kelmoqda.

19.JPG

Ijodkorlarning tasviriy, amaliy va foto san’ati asarlari namoyishi maskaniga aylangan ushbu muhtasham va zamonaviy dargoh hamisha muxlislar bilan gavjum. Unda tashkil etilgan navbatdagi fotoko‘rgazma Bosh qomusimiz qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlandi.

8.JPG

"San’at" jurnali bosh muharriri D.Qodirova va boshqalar mamlakatimiz va xalqimiz hayotining muhim asosi bo‘lgan Konstitutsiyada har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlangani, davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qilishi belgilab qo‘yilgani hamda bu boradagi islohotlar ijod ahlining ulkan yutuqlarga erishishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

3.JPG

– O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi fotosho‘basi a’zolari va fotosurat ustalarining bugungi ko‘rgazmasi ham ana shunday huquq va g‘amxo‘rliklar ifodasidir, – deydi fotorassom Zafar Ro‘ziqulov. – Go‘zal yurtimiz jamoli va tabiatini, istiqlol yillarida erishilgan yutuqlarni suratga olib, xalqimiz va muxlislarga taqdim etayotgan fotoijodkorlar mehnati chindan e’tirof va tahsinga loyiq.

Ko‘rgazmada R.Sharipov, A.Jumayev, V.Shlosberg, R.Shagayev, A.Mamadaminov, A.Abdullayev, Ye.Volodina, H.Atoyev, S.O‘rmonov, S.Ikromov kabi mualliflarning ellikka yaqin ishi namoyish etilmoqda.

Nasiba Ziyodullayeva, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
10 227