Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.12.2017 12:29 Chop etish versiyasi

Sharafli mehnatga munosib rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida Bosh qomusimiz qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.Bobojonov Konstitutsiyamiz mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishning tamal toshi, ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning tayanchi, respublikamizning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashining mustahkam asosi bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar, avvalo, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirishga, turmush tarzini yaxshilashga qaratilmoqda.

Xodimlarning xizmatiga berilgan har qanday e’tibor va rag‘bat uni yangi yutuqlar sari ruhlantirish bilan birga mamlakat taraqqiyotiga ham xizmat qiladi. Osoyishtaligimiz posbonlarining fidoyiligi, mashaqqatli va sharafli xizmatlari Prezidentimiz tomonidan munosib taqdirlanmoqda. Hozirgi kunda ko‘plab mard, burchiga sadoqatli xodimlarning ko‘ksini davlatimizning yuksak mukofotlari bezab turibdi.

Tadbirda milliy manfaatlarimizni himoya qilish, tinchlik, barqarorlik va jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha xizmat burchini bajarishda mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 26-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq II darajali “Shon-sharaf”, “Do‘stlik”, “Mardlik” ordenlari, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallari bilan taqdirlangan bir guruh xodimlarga yuksak mukofotlar topshirildi. Prezidentimizning joriy yil 10-oktabrdagi «O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, 1 ming 540 nafar ichki ishlar organlari xodimi «O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

– Mamlakatni har jihatdan rivojlantirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini munosib himoya qilishda ichki ishlar organlari xodimlarining xizmati beqiyos, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i, «Do‘stlik» ordeni sohibi Kenesbay Nurabullayev. – Sharafli kasbimizni chin dildan ado etishimiz uchun yurtimizda barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Kamtarona mehnatim Vatanimizning yuksak mukofotiga loyiq deb topilganimdan juda mamnunman.

Tadbirda san’at ustalari va estrada xonandalari tomonidan bayram konserti namoyish etildi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
729






Все о погоде - Pogoda.uz