Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.12.2017 12:43 Chop etish versiyasi

Poytaxtimizda «Nafosat – 2017» ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.Najmiddinova va boshqalar mamlakatimizda xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish yo‘lidagi samarali ishlar xususida so‘z yuritdi.

Mazkur tanlovning asosiy vazifasi ham turli tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning kiyinish uslubi, bugungi kunda ular o‘rtasida milliy va zamonaviy, mentalitetimizga mos ravishdagi liboslarni muntazam ravishda targ‘ib qilib borishdan iborat.

Ko‘rik-tanlov 4 asosiy yo‘nalish – «Ishbilarmon va yetakchi ayol», «Talaba qiz», «Ijodkor ayol» hamda «Erkin mavzu» bo‘yicha o‘tkazildi. Hududiy bosqichda qatnashgan 20 ishtirokchidan 3 nafari shahar tanlov hay’at a’zolari tomonidan mamlakat bosqichida ishtirok etish uchun tanlab olindi. Ular Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchilari Dilfuza Tursunpo‘latova, Malohat Xo‘jaqulova hamda Madina Po‘latovadir.

Tanlov doirasida «Yilning eng yaxshi yosh modelyer-dizayneri», «Eng yaxshi milliy yo‘nalishdagi modelyer-dizayner» nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
581






Все о погоде - Pogoda.uz