Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.11.2017 19:58 Chop etish versiyasi

Poytaxtimizda Buxoro teatri spektakllari

Poytaxtimizda Buxoro teatri spektakllari Poytaxtimizdagi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida boshlangan Buxoro viloyati musiqali drama teatrining ijodiy safari davomida namoyish etiladigan spektakllar jonajon diyorimizni, boshimiz uzra musaffo osmonni ko‘z qorachig‘idek asrashga undashi, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning Vatan oldidagi ijtimoiy burchi, mas’uliyatini teran anglashga yaqindan ko‘maklashishi bilan ahamiyatlidir.

Buxoro viloyati musiqali drama teatri ijodiy safari boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan kechaga san’atshunoslar, pedagoglar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, o‘qituvchilar, talaba-yoshlar taklif etildi.

Mamlakatimizda teatr san’atini ravnaq toptirish borasidagi ezgu sa’y-harakatlar yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, ularni mustaqil va sog‘lom tafakkur sohibi bo‘lib kamolga yetkazishdek maqsadlarni ko‘zlashi bilan ahamiyatlidir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan milliy teatr san’atini rivojlantirish bo‘yicha tatbiq etilayotgan tashabbuslar ijodiy jamoalarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ular uchun qo‘shimcha iqtisodiy imkoniyatlar, yuksak badiiy-g‘oyaviy saviyali spektakllarni sahnalashtirish uchun keng sharoitlar yaratish, sahna fidoyilarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

18.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining yurtimiz teatr jamoalarining turli hududlarga ijodiy safarini muttasil tashkil etishga oid loyihasi ijodkorlarning o‘zaro fikr va tajriba almashishi uchun imkon yaratish, tomoshabinlarni yurtimizning turli go‘shalaridagi teatrlarning eng sara spektakllari bilan yaqindan tanishtirishdek maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Buxoro viloyati musiqali drama teatrining ijodiy safari doirasida mazkur jamoa tomonidan sahnaga qo‘yilgan "Burch" hamda "Zafarnoma" spektakllari namoyish etiladi. Nurilla Abbosxon hamda Valijon Umarov asari asosida rejissyor Sayfiddin Meliyev tomonidan sahnalashtirilgan "Burch" spektakli milliy armiyamizda ofitserlar sulolasining shakllanishi, ularning xalqimiz tinch va osuda hayotini muhofaza etishga oid jasorati, askarlik qasamyodi va burchiga sodiq mard o‘g‘lonlar taqdiriga bag‘ishlangan.

"Zafarnoma" spektakli esa buyuk bobolarimizning hayoti, faoliyati, boy ma’naviy merosidan so‘zlaydi.

Buxorolik teatr ustalarining ijodiy safari "Burch" spektakli bilan boshlandi.

Nazokat Usmonova, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
4 567






Все о погоде - Pogoda.uz