Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.03.2017 12:55 Chop etish versiyasi

Ogohlikka da’vat etuvchi film

Respublika Kinochilar uyi hamda Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida "O‘zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasi asosida "O‘zbekfilm" kinostudiyasida suratga olingan "Isnod" badiiy filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

...Yosh jurnalist Jamila televideniyeda muxbir bo‘lib ishlaydi. U odam savdosi, axloqiy tanazzulga bag‘ishlangan mavzuda material tayyorlashga ahd qilib, ixtisoslashgan tibbiy markazga boradi. Vijdonsiz kimsalarning yolg‘on va’dalariga uchib, xorijda xor bo‘lgan juvonlar dastlab muxbir bilan suhbatlashishdan bosh tortadi. Keyinchalik ayollar o‘zlarini bu ahvolga solgan, bedavo va xavfli dardga mubtalo etgan kimsalar qilmishini fosh etish hamda boshqalarni ogohlikka chorlash maqsadida ko‘rguliklari haqida so‘zlab berishga qaror qiladi. Muxbirga suhbat asnosida yoshgina qizlarning tuyg‘ularini toptab, aldov yo‘llar bilan xorijga jo‘natgan kimsa aynan o‘zining turmush o‘rtog‘i ekani ayon bo‘ladi...

Film yoshlik hoyu havaslariga berilib, aldangan xotin-qizlarning ko‘rguliklari, ular taqdiridagi qora kunlar haqida hikoya qilish bilan birga odam savdosi, yoshlar tarbiyasidagi bo‘shliqlar qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida hikoya qiladi.

Yangi badiiy film ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyori Rixsivoy Muhammadjonov. Kartinaning yana bir postanovkachi rejissyori va postanovkachi operatori Abduvohid G‘aniyev. Asosiy rollarni Dilnoza Kubayeva, Shohrux Hamdamov, Bahora Arslonova, Shahzoda Matchonova, Ra’no Shodiyeva, Feruza Mustafoyeva ijro etgan.

Nazokat Usmonova, O‘zA
1 199






Все о погоде - Pogoda.uz