Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.05.2018 06:27 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston delegatsiyasi Kann xalqaro festivalida faol ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Kann xalqaro festivalida faol ishtirok etmoqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 71-Kann xalqaro kinofestivali doirasida o‘z paviloni bilan ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z ishini davom ettiryapti.

Delegatsiya a’zolari taniqli kinoprodyuser, distribyuterlar bilan muzokaralar olib borib, ularni O‘zbekistonda kino uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirib borishyapti.

Shuningdek, festivalda namoyish etilayotgan filmlar, Kann shahriga tashrif buyurgan mutaxassislar va ishtirokchilarni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “PROlogue” xalqaro kinofestivaliga jalb etish bo‘yicha qizg‘in ish davom etmoqda.

festival

O‘zbek delegatsiyasi turli mamlakatlar pavilonlariga ham tashrif buyurib, u yerda tashkil etilayotgan ma’ruzalar, mahorat darslari, uchrashuvlarda ham faol ishtirok etib, tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lishyapti. Undan tashqari xorijiy davlatlar pavilonlari mutaxassislaridan mamlakat yoshlari tomonidan ishlab chiqarilgan to‘liq hamda qisqa metrajli filmlar haqida axborotlar olinib, ulardan “PROlogue” xalqaro kinofestivali uchun ma’lumotlar bazasi yaratilmoqda.

festival10 may kuni o‘zbek delegatsiyasi rahbari Oybek Abdushukurov Turkiyada eng nufuzli uchtalikka kiruvchi Malatya xalqaro kinofestivali rahbari Suat Kocher bilan anglashuv memorandumi imzoladi. Mazkur memorandumga ko‘ra, har ikki festival doirasida maxsus stendlar tashkil etiladi, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan kinofestivalda turkiyalik, Malatyada tashkil etiladigan xalqaro kino bayramida o‘zbekistonlik mutaxassislar ishtirok etishadi. Tomonlar o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston delegatsiyasi jahon kinobozorida o‘zining munosib o‘rnini egallash uchun ilk qadamni tashlay oldi.

festival

festival

festival

Mahfuza Ortiqova, O‘zA
2 210