Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.09.2017 18:52 Chop etish versiyasi

Muzeylar haftaligi doirasida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rgazmalar o‘tkazilmoqda

Muzeylar haftaligi doirasida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rgazmalar o‘tkazilmoqda O‘zbekiston davlat san’at muzeyida Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan rangtasvirchi rassom Luylin Yanning “Istiqlol ijodkorlari” ko‘rgazmasi ana shunday tadbirlardan biridir.

San’atshunoslar, professor-o‘qituvchilar, talabalar, san’at ixlosmandlari taklif etilgan ko‘rgazma ochilishida muzey direktori V.Fayziyeva va boshqalar rassom Luylin Yanning ijodida milliy an’analar, qadriyatlar, tabiat manzaralari yetakchi o‘rin egallashini ta’kidladi.

L.Yan bolaligidan rasmlar chizishga ishtiyoqi baland bo‘lgan. Oliy o‘quv yurtini badiiy grafika yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan yosh rassom keyinchalik o‘qituvchilik qiladi. Talabalarga dars berishi barobarida o‘zi ham ijod bilan shug‘ullanib, turli ko‘rgazmalarda faol ishtirok etadi.

– Luylin Yan bir muddat Samarqand shahrida yashab, ijod qilgan, – deydi muzey direktori o‘rinbosari N.Ahmedova. – Bu yerdagi tarixiy va me’moriy obidalarga maftun bo‘lgan ijodkor shahar arxitekturasi va go‘zalligiga bag‘ishlab, qator asarlar yaratadi.

Rassomning “Haqiqat”, “Bahor”, “Urgut oqshomi”, “Daryodagi kuz”, “Quyosh botishi”, “Kuz kuni ko‘lda”,“Samarqandlik qiz”, “Yangi libosdagi qiz” kabi asarlari san’atsevarlarda katta taassurot qoldirmoqda.

Nasiba Ziyodullayeva, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA
2 899






Все о погоде - Pogoda.uz