Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.04.2017 19:06 Chop etish versiyasi

Urganchda “Milliy libosimiz – boyligimiz” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Unda hududiy saralash bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar o‘zaro bahslashdi.

Xorazm viloyati hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan tanlov o‘quvchi va talaba qizlarning estetik didini o‘stirish, milliy liboslarimizga qiziqishini oshirish, yoshlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Viloyatdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida dizaynerlik, chevarlik yo‘nalishida kasb o‘rganayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, milliy liboslarimizga zamonaviy ko‘rinish berish, yoshlarda kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilgan tanlovda atlas, adras, beqasam singari matolardan tikilgan milliy liboslar xushbichimligi, o‘ziga xosligi bilan barchada katta taassurot qoldirdi.

– Yal-yal yonib turgan atlasu adrasni kiygan o‘zbek qizlari yanada go‘zal ko‘rinadi, – deydi Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi S.Abdukarimova. – Libos – insonning ko‘rki. U kishining tashqi ko‘rinishi bilan birga, ichki olamini ham ifodalaydi. Shu bois azaldan keksalarimiz milliy liboslar orqali o‘zligimizni, an’ana va qadriyatlarimizni ulug‘lagan. O‘zbek xotin-qizlarining hayo-ibosi kiyimlarida ham namoyon bo‘lgan. Go‘zal va rang-barang liboslarni ko‘rib, qo‘li gul chevar qizlarimizning mahoratiga tasannolar aytasan, kishi.

Tadbir doirasida umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari qoshida faoliyat yuritayotgan to‘garaklarda, mahallalarda yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan tikuvchi xotin-qizlar tomonidan tikilgan liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Xiva tumanining “Xiva zebolari” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA
2 693






Все о погоде - Pogoda.uz