Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.03.2017 12:24 Chop etish versiyasi

Millat, chegara bilmas vosita

"Bahor nafasi" xalqaro san’at festivali turli konsertlar, mahorat saboqlari, ijodiy uchrashuvlarga boy bo‘lmoqda.

Mazkur festival doirasida hamda O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasida "So‘g‘diyona" xalq cholg‘ulari kamer orkestrining isroillik musiqachilar bilan birgalikdagi konserti bayramona ruhda o‘tkazildi.

"So‘g‘diyona" xalq cholg‘ulari kamer orkestri badiiy rahbari, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Feruza Abdurahimova, Isroilning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Karmela Shamir mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalar tobora mustahkamlanishida ijtimoiy-gumanitar, madaniy-ma’rifiy sohalar ham alohida o‘rin egallashini ta’kidladi.

Mamlakatimizda xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan turli konsertlar, san’at festivallari, badiiy, fotografiya ko‘rgazmalarida isroillik ijodkorlar faol ishtirok etadi. Ayni paytda O‘zbekiston musavvir va hunarmandlari, musiqachilar mazkur mamlakatda tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlarning doimiy qatnashchisidir.

– Ushbu konsert musiqa chindan ham millat, chegara tanlamas sehrli vosita ekanini yana bir karra namoyon etdi, – deydi san’atshunos Zulfiya Murodova. – Xalqlarimiz musiqa san’ati ohanglari ko‘tarinki taronalarda yaqqol namoyon bo‘ldi.

Konsertda O‘zbekiston va Isroil bastakorlarining sara namunalari, mashhur kinofilmlardagi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
2 321






Все о погоде - Pogoda.uz