Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.04.2017 21:43 Chop etish versiyasi

Mashhur dirijyor o‘zbek sahnasida

Mashhur dirijyor o‘zbek sahnasida Dunyoni lol qoldirgan ko‘plab musiqalar uning ishorasi bilan yangraydi, butun orkestr uning izmiga bo‘ysunadi. Dirijyorlik "tayog‘i"ni o‘ynatib, san’at olamida nom qozongan Valeriy Gergiyevning konsertini kutmagan musiqa ixlosmandi kam topilsa kerak.

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Rossiya Federatsiyasi xalq artisti, Myunxen filarmoniyasi orkestri bosh dirijyori Valeriy Gergiyev boshchiligida Sankt-Peterburgning Mariinskiy teatri filarmoniya orkestri konserti bo‘lib o‘tdi. Kechada K.Debyussi, I.Stravinskiy, P.Chaykovskiy ijodiga mansub musiqalar yangradi.

11 (2).JPG

Taniqli rus san’atkorlari ishtirokidagi konsertda solist –iqtidorli yosh o‘zbek pianinochisi Behzod Abduraimov mashhur rus kompozitori Sergey Prokofevning orkestr jo‘rligida fortepiano uchun "3-konsert"ini ijro etdi.

Mashhur rus dirijyori, nafaqat Rossiya, ayni paytda Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Ispaniya va boshqa mamlakatlar filarmonik orkestrlariga dirijyorlik qilib kelayotgan Valeriy Gergiyevning Toshkentdagi konserti muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Sevara Alijonova, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
2 308






Все о погоде - Pogoda.uz