Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.01.2018 15:00 Chop etish versiyasi

Kinematografiya istiqbollari bag‘ishlandi

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev huzurida 2017-yil 29-dekabr kuni kinematografiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar bo‘yicha o‘tkazilgan majlisda muhokama etilgan masalalarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

"O‘zbekkino" Milliy agentligi bosh direktori F.Zokirov va boshqalar davlatimiz rahbari tomonidan kino sohasi vakillari oldiga qo‘yilgan vazifalarni izchil ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

"O‘zbekkino" milliy agentligining bino va inshootlarini kapital ta’mirlash, joylarda mavjud kinoteatrlar faoliyatini qayta tiklash va yangilarini barpo etish, ularni zamonaviy kinotexnologiyalar bilan ta’minlash borasidagi amaliy chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Soha mutasaddilari tomonidan kinematografiya uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimi, ssenariynavis va rejissyorlar, operator va aktyorlar tayyorlanayotgan ta’lim muassasalarining ilmiy va ijodiy saviyasi, o‘quv dasturlari va uslubiyotlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Hozir poytaxtimiz va Samarqand shahrida milliy kinosan’atimizning durdona namunalari bilan tomoshabinlarni kengroq tanishtiruvchi kinozallar tashkil etildi. Qator retrospektiv filmlarni o‘zbek tiliga o‘girish, dublyaj ishlarini olib borish borasidagi jarayon davom etmoqda. Ekran asarlarini yaratishda, eng avvalo, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarlarni teran tafakkur, sog‘lom va mustaqil dunyoqarash sohibi etib kamol toptirish ijodkorlar zimmasidagi asosiy vazifa ekaniga jiddiy yondashilmoqda.

Brifingda, shuningdek, milliy kinematografiyada kadrlar masalasi, tizim uchun malakali kadrlar yetkazib berish, "ustoz-shogird" an’analarining bardavomligini ta’minlash, mamlakatimizda yagona kinoprokat tizimini joriy etish, bunda eng olis hududlarda filmlar namoyishini tashkil etish choralarini ko‘rish, kino sohasida xalqaro hamkorlikka doir istiqboldagi rejalar xususida ham ma’lumot berildi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
7 091