Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.11.2017 12:06 Chop etish versiyasi

Italiya modasi 60 yil ichida

Italiya modasi 60 yil ichida O‘zbekiston davlat san’at muzeyida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligiga bag‘ishlab “Italiya modasi 60 yil ichida” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.

"Osiyo ramzi" O‘zbekiston dizaynerlar va modelyerlar uyushmasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Italiya Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida uyushtirilgan tadbirda keng jamoatchilik va diplomatik korpus vakillari, dizaynerlar, oliy o‘quv yurtlarining talabalari, chevarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Italiya modasi 60 yil ichida

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari K.Oqilova, Italiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi A.Bertotssi va boshqalar ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar xalqlarimizning do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘layotganini alohida ta’kidladi.

– Ekspozitsiyada italiyalik taniqli dizaynerlar yaratgan noyob liboslar va uslublar bilan tanishish mumkin, – deydi "Osiyo ramzi" O‘zbekiston dizaynerlar va modelyerlar uyushmasi raisi H.Komilova. – Ulardagi mato tanlash, uslub, bichuv, bezak detallari hech kimni befarq qoldirmaydi.

Italiya modasi 60 yil ichida

– Bugungi ko‘rgazmada jahonning eng yaxshi moda kataloglari va ensiklopediyalariga kirgan 70 ga yaqin ayollar va erkaklar kiyimini o‘zbekistonlik muxlislarga taqdim etdik, – deydi ko‘rgazma kuratori Alessia Tota (Italiya). – Ularni birma-bir tomosha qilar ekansiz, Italiya moda san’atining tarixi va o‘ziga xos jihatlari bilan tanishasiz. Roberto de Kamerino, Santorio Bonfani, Fendi, Roberto Kapuchchi, Lusiano Soprano, Gattioni, Salvadore Ferragamo kabi moda olami ijodkorlari tomonidan yaratilgan liboslar barchaga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.

Ko‘rgazma 2018-yil 15-yanvargacha davom etadi.

Nasiba Ziyodullayeva, Oqil G'ulomov (surat), O‘zA
1 807






Все о погоде - Pogoda.uz