Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.05.2018 19:40 Chop etish versiyasi

Iste’dodli yoshlar maskani

Iste’dodli yoshlar maskani Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi 13-bolalar musiqa va san’at maktabida 315 nafar o‘g‘il-qiz tasviriy va amaliy san’at, fortepyano, an’anaviy xonandalik, raqs, teatr san’ati, sozandalik, haykaltaroshlik kabi yo‘nalishlarda saboq olmoqda.

Zamonaviy sharoitlarda iste’dodi charxlanayotgan yoshlar turli ko‘rik-tanlov, festival va ko‘rgazmalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

4.jpg

5.jpg

Prezidentimizning 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida san’at maskani jamoasi tomonidan umumta’lim maktablarida maqom kechalari tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlar o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA
3 306