O‘zA O`zbek

16.02.2018 21:40 Chop etish versiyasi

Iste’dodli suxandonlar

Iste’dodli suxandonlar O‘zbek Milliy akademik drama teatrida "Yosh suxandonlar" I respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarning ona tilimizga bo‘lgan hurmati va e’tiborini yanada kuchaytirish, suxandonlik san’atini rivojlantirish, bu borada izlanayotgan yoshlarning ijodiy salohiyati va mahoratini yuksaltirishdan iborat. Uning yakuniy bosqichida 70 dan ortiq yosh ijodkor qatnashdi.

1.JPG

– Tanlovda ishtirok etib, yanada ko‘proq o‘qib-izlanishim kerakligini angladim, – deydi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Shahzoda Bozorboyeva. – Suxandon, teleboshlovchi bo‘lish istagida bo‘lgan yoshlar o‘z ustida tinimsiz ishlashi, ko‘proq kitob o‘qishi, zehni, fikrini doimiy charxlab borishi kerakligiga yana bir bor ishonch hosil qildim.

6.JPG

Ijodiy loyiha davomida ishtirokchilarning sahnada o‘zini tutishi, nutqi, ovoz imkoniyatlari, talaffuzi, kitobxonligi kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Qoraqalpog‘istonlik ijodkor Alima Rametullayeva hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi Isfandiyor Homidov birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Nazokat Usmonova, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
14 097