Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.11.2017 17:31 Chop etish versiyasi

Ijodiy salohiyat, xalqaro hamkorlik namoyishi

Ijodiy salohiyat, xalqaro hamkorlik namoyishi Toshkent moda haftaligi doirasida Yoshlar ijod saroyida tashkil etilayotgan ijodiy tanlovlar, milliy matolar ko‘rgazmalari, muloqotlar yurtimiz va xorijlik dizaynerlar, moda ixlosmandlariga manzur bo‘lmoqda.

6 (2).JPG

11.JPG

Yurtimizda moda sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor bu yo‘nalishdagi xalqaro hamkorlikning tobora ravnaq topishida, moda va dizayn bo‘yicha izlanayotgan yosh iste’dodlar safining kengayishida muhim omil bo‘lmoqda. Xususan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Italiya, Fransiyadagi mohir dizaynerlar, modaga ixtisoslashgan ta’lim maskanlari bilan hamkorligi natijasida o‘zbek milliy matolarining zamonaviy modadagi talqiniga oid yangi kolleksiyalar yaratilmoqda.

12 (2).JPG

37.JPG

– Korxonamiz qorako‘lni qayta ishlash va undan rang-barang qishki mavsumiy liboslar, bosh kiyimlari, suvenirlar, sumkalar tayyorlashga ixtisoslashgan, – deydi Buxoro shahridagi "Qorako‘l lider" oilaviy korxonasi rahbari o‘rinbosari Botir Isomov. – Mahsulotlarimiz Yevropa davlatlari, AQSh, Braziliya, Rossiya, Qozog‘istonda xaridorgir. Mazkur moda haftaligi xorijiy mutaxassislar, yurtimizdagi dizayner va modelyerlar bilan hamkorligimizni yanada rivojlantirishda foydali bo‘lmoqda.

Haftalikning navbatdagi kunida italiyalik dizaynerlar ishtirokida mahorat darslari, kolleksiyalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
1 521






Все о погоде - Pogoda.uz