Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.03.2017 18:39 Chop etish versiyasi

Ham aktrisa, ham dramaturg

Ham aktrisa, ham dramaturg Mannon Uyg‘ur nomidagi Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida 17-yildan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan Nigora Ahmedova sahnada yaratgan obrazlari orqali milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etish, yosh avlodni yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalash, ularda Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘usini yuksaltirishga hissa qo‘shmoqda.

Ayniqsa uning “Alisher Navoiy” spektaklidagi Guli, “Xazon bo‘lgan umrlar” spektaklidagi Ona kabi turli xarakterli obrazlari teatr san’ati ixlosmandlari va mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Ayni paytda u dramaturg sifatida ham e’tiborga tushgan. Xususan, bolalar uchun mo‘ljallangan “Oppog‘oyim”, “Sehrli hassa”, “Oltin sochli malika” sahna asarlari viloyat maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelinmoqda.

Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA
1 431






Все о погоде - Pogoda.uz