Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.09.2017 21:26 Chop etish versiyasi

Farg‘onalik teatr ijodkorlari Toshkentda

Farg‘onalik teatr ijodkorlari Toshkentda O‘zbek milliy akademik drama teatrida Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Farg‘ona viloyat musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan "Navoiy va Boyqaro" spektakli namoyish etildi.

Akademik B.Nazarov, teatrshunos H.Ikromov, adabiyotshunos Sh.Rizayev, O‘zbekiston xalq artisti Yo.Ahmedov va boshqalar mamlakatimizda barcha san’at turlari qatori teatr san’atini rivojlantirish, teatrlarimiz sahnasida buyuk ajdodlarimiz siymosini, zamon qahramonlari obrazini aks ettiruvchi sahna asarlarini yaratish, ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Buning samarasida yurtimizda mavjud teatrlarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, teatr ijodkorlarining mehnati munosib rag‘batlantirilmoqda, gastrol safarlari muntazam tashkil etilmoqda. Sahnalarimizda aholi, ayniqsa, yoshlarga ma’naviy ozuqa beradigan, ularning dunyoqarashini kengaytiradigan, mulohazaga chorlaydigan asarlar yaratilmoqda.

14.JPG

Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Farg‘ona viloyat musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan «Navoiy va Boyqaro» spektakli ham Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroning buyuk do‘stligi, har qanday ziddiyatli vaziyatlarda Navoiy bobomizning ulug‘vor siymosi, do‘stlikka sadoqati rang-barang ko‘rinishlarda aks ettirilgan.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali qalamiga mansub asarni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at arbobi Marat Azimov sahnalashtirgan.

Gulnoza Boboyeva, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA
1 069






Все о погоде - Pogoda.uz