Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.04.2017 20:47 Chop etish versiyasi

Buyuk sarkarda

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyida Amir Temur tavalludining 681-yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda muzey direktori M.Nuriddinov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida tariximizni haqqoniy o‘rganish, buyuk ajdodlarimizning insoniyat sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini jahon miqyosida keng namoyish etishga qaratilayotgan doimiy e’tibor o‘zligimizni anglash, jamiyatimizda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yuksaltirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad – xalqimizning boy madaniy merosini, insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish, harbiy xizmatchilar va aholini, ayniqsa, yoshlarni O‘zbekiston tarixi bilan tanishtirish, umuminsoniy qadriyatlar va boy milliy harbiy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat.

Amir Temurning o‘zbek davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni, mustaqillik yillarida uning hayoti, faoliyatini o‘rganish, xotirasini e’zozlash borasida amalga oshirilgan ishlarga oid ma’ruzalar tinglandi. Kursantlarni qiziqtirgan savollarga tarixchi olimlar javob qaytardi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
1 570






Все о погоде - Pogoda.uz