O‘zA O`zbek

12.06.2019 16:37 Chop etish versiyasi

Bugun tug‘ilgan kun 12 iyun

Bugun tug‘ilgan kun  12 iyun



O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diev 1946 yil 12 iyunda Toshkent shahrida tavallud topgan.

Yo.Sa’diev Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. Yetakchi aktyor sifatida ijtimoiy muhit va boy ichki dunyo bilan murakkab munosabatlarga ega ko‘plab qahramonlarni gavdalantirgan. Shuningdek, kinoda ham esda qolarli, o‘ziga xos xarakterga ega timsollarni gavdalantirgan. Ko‘p qismli “Shaytanat”da Asadbek, “Iblis devori”da Ibrohim amaki rollari bilan shuhrat qozondi. 

Yodgor Sa’diev dublyajda 700 ga yaqin filmda ovoz bergan.

Ijodkor 1989 yil Hamza nomidagi Davlat mukofoti, 1998 yil “O‘zbekiston xalq artisti”, 2005 yil “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. 

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin. 

Telegram: @UzA_pochta

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring! 


O‘zA
456