Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2018 15:49 Chop etish versiyasi

Bobur hikmatlari

14-fevral–Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun 

Bobur.jpg
Zahiriddin Muhammad Bobur

Yaxshilig‘ chun qilmading, bori yomonlig‘ qilmag‘il.
* * *
G‘urbat bu aziz umrni kam qiladur.
* * *
Olam bog‘ida topmoq, guli bexor mushkuldur.
* * *
Taqdirdur ul yonu bu yon solg‘uchi...
* * *
Aysheki o‘tti — o‘zga ani zikr aylama,
Har nimaiki yitti — so‘roqig‘a arzimas.
* * *
Kimki, ondin yaxshi yo‘q,
Ko‘z tutma ondin yaxshilig‘!
* * *
Gar iliktin kelsa,
bir damni kechurmang g‘am bila.
* * *
Hargiz rost kelmas ishq donolig‘ bila.
* * *
Yotlarni, kerakki, oshno kam qilsang,
Har kimki vafo qilsa, jafo kam qilsang.
* * *
Har yerdaki gul bo‘lsa, tikon bo‘lsa, ne tong?!
* * *
Dushman so‘ziga kirma, eshit do‘st so‘zin,
Eshitmasa so‘zni do‘st, dushman ne degay?
* * *
Otani chunki qibla debturlar,
Qibla yanglig‘ anga nazar qilg‘il.
* * *
Davlat uchun ko‘ngulni zor etma!
Izzat uchun o‘zungni xor etma!
* * *
Har so‘zki eshitsa, desa bo‘lmas,
So‘z borki, aytsa — desa bo‘lmas.
* * *
Umr g‘aflatda o‘tkarib borasen,
Ey yigit, voqif o‘l, qarib borasen.
* * *
Har kimki ko‘p aytur, parishon aytur...


12 254