Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.03.2017 12:48 Chop etish versiyasi

Bahor, ayol va gul talqini

Bahor, ayol va gul talqini O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy ko‘rgazmalar zalida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ko‘rgazma tashkil etildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov va boshqalar mamlakatimizda ayol rassomlarga qaratilayotgan e’tibor ularning samarali ijod qilishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. Bunda an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan ko‘rgazmalar ijodkorlarning bir-biri bilan tajriba almashishi va o‘zaro hamkorligi mustahkamlanishida katta rol o‘ynamoqda.

– Bugungi ko‘rgazma boshqa ko‘rgazmalardan butunlay farq qiladi, – deydi pedagog-rassom U.Yusupov. – Negaki, unda ayol rassomlarimizning dunyo va go‘zallik haqidagi tasavvurlari namoyish etilgan. Ular yaratgan asarlarni kuzatar ekanmiz, bahor, ayol va gul obrazlari nozik did bilan o‘ziga xos talqin etilganini ko‘rish mumkin.

Ekspozitsiyadagi rassom M.Shuvalovaning «Ayol – gul», «Duo» va «Bodom rang», O.Jumaniyozovaning «Sevgi farishtasi», «Qo‘riqlovchi farishta», «Uch farishta» kabi asarlari markazida go‘zallik xilqati – ayol tasviri gullar, ranglar va tasavvur qorishiqligida mohirlik bilan yaratilgani tomoshabinlarni bee’tibor qoldirmaydi.

Ko‘rgazmaga qo‘yilgan N.Latipovaning «Liliyalar», M.O‘lmasovaning «Lolaqizg‘aldoqlar», «Yomg‘irli kun», N.Oripovaning «Bahor», «Qizil atirgullar», «Anor», O.Zalevskayaning «Zarrin guldasta», «Gullayotgan novda», I.Shinning «Bahor», «Kuz» kabi asarlari tasviriy san’at ixlosmandlarida katta taassurot uyg‘otmoqda.

Nasiba Ziyodullayeva, Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA
559






Все о погоде - Pogoda.uz