![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Iqtidorli yoshlar ko‘rigiO‘zA, M.Sulaymonov, 09.09.2010 11:49 “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan “Kelajak ovozi” respublika ko‘rik-tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichi yakunlandi. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarni kashf etish va rag‘batlantirishda mazkur ko‘rik-tanlovning ahamiyati katta. Shu bois yildan yilga uning nufuzi oshib, ishtirokchilar safi kengayib bormoqda. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi katta shodiyonaga aylandi. Iqtidorli yoshlar o‘z loyihalari, ratsionalizatorlik takliflari, ilmiy ishlari va kashfiyotlarini keng jamoatchilik oldida namoyish etib, izlanishlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib berdilar. Taqdim etilgan har bir loyiha va dastur soha mutaxassislari va anjuman qatnashchilari tomonidan qizg‘in muhokama qilindi. Viloyat bosqichida g‘olib chiqqan 16 nafar iste’dod sohiblari tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Tadbir doirasida Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 121 korxona, tashkilot va muassasa ikki mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi. Yoshlarga taklif etilayotgan ish o‘rinlari, ish beruvchi subyektlar haqida batafsil ma’lumot va mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi. Yarmarkada 600 nafarga yaqin yigit-qiz ishga yo‘llanma oldi. So‘nggi yangiliklar: To‘kinlik, farovonlik va baraka omili Xolisona tahlil va tanqid ruhida |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |