Madaniyat

Iqtidorli yoshlarga qanot bo‘lib...

O‘zA, T. Beknazarov, 07.09.2010 13:10

“O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan “Kelajak ovozi” respublika ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyati bosqichi yakunlandi.

G‘oliblarni taqdirlashga bag‘ishlangan konferensiyada joriy yilda tanlovning tuman va shahar bosqichlarida 10 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etgani, davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlodni har tomonlama yetuk va buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari etib tarbiyalash yo‘lida ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikka javoban o‘g‘il-qizlar zamonaviy ilm-fan sirlarini o‘rganishda sidqidildan o‘qib-izlanayotgani ta’kidlandi.

Tanlovning viloyat bosqichi g‘oliblari ekspertlar, jamoatchilik vakillari oldida o‘zlarining loyihalari, ratsionalizatorlik takliflari, ilmiy ishlari va kashfiyotlari taqdimotini o‘tkazdilar.

– Men yoritish lampalaridan foydalanishning samarali va tejamli usuli bo‘yicha o‘zimning ratsionalizatorlik taklifim bilan g‘olib bo‘ldim, – deydi Jizzax shahridagi “Sayiljoyi” akademik litseyining uchinchi bosqich o‘quvchisi Doston Hasanov. – Izlanishlarim o‘z samarasini berayotganidan mamnunman. “Kelajak ovozi” ko‘rik-tanlovi biz, yoshlarning qobiliyat va iste’dodimizni namoyon etishda juda muhim omil bo‘layotir.

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama