Madaniyat

Bu muqaddas Vatanda azizdir inson

O‘zA, N.Usmonova, 02.09.2010 16:54

Vatanimiz mustaqilligining 19 yilligi munosabati bilan poytaxtimizning Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” mavzuida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy madaniyat markazlari, jamoat tashkilotlari, mahallalar, xotin-qizlar qo‘mitalarining faollari, diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

Respublika Baynalmilal madaniyat markazi direktori N.Muhammadiyev Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barcha sohalarda qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlarimizda yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, millatlar va dinlararo totuvlik, ahillik va bag‘rikenglik muhiti muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Bugungi kunda yurtimizda bir yuz o‘ttizdan ortiq millat va elat vakillari hayot kechirmoqda. Ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi, iste’dodi va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Respublika Baynalmilal madaniyat markazi faoliyatida jamiyatimizdagi millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, turli millatlarning madaniyati, an’ana va urf-odatlarini asrab-avaylash, yanada rivojlantirish muhim o‘rin tutadi.

Vatanimiz mustaqilligining 19 yilligi munosabati bilan mazkur tashkilot hamda uning tarkibidagi bir yuz ellikka yaqin milliy madaniyat markazi tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab istiqlolimiz, uning aziz ne’matlarini, tinch va farovon hayotimizni asrab-avaylashga, ko‘z qorachig‘idek e’zozlashga yo‘naltirilgan ko‘plab uchrashuvlar, konsertlar, badiiy va fotoko‘rgazmalar, festivallar o‘tkazilmoqda.

Tadbirda milliy madaniyat markazlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. Turli millatlarning madaniyati, an’analari, urf-odatlari aks ettirilgan badiiy ko‘rgazma ochildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Akbarova so‘zga chiqdi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama