Madaniyat

O‘zbekiston – umumiy uyimiz!

O‘zA, N.Usmonova, 27.08.2010 20:05

Toshkent Fotosuratlar uyida Vatanimiz mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – umumiy uyimiz!” mavzuidagi fotoko‘rgazma ochildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi va “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmaning ochilishida turli vazirlik va idoralar, milliy madaniyat markazlari, jamoat tashkilotlarining vakillari, mahallalar, xotin-qizlar qo‘mitalari faollari ishtirok etdi.

Badiiy akademiya raisi T.Qo‘ziyev, Baynalmilal madaniyat markazi direktori N.Muhammadiyev, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi I.Latipov mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda erishilayotgan yutuqlar zamirida yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va ahillik, bag‘rikenglik, hamjihatlik muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Yurtimizda bir yuz o‘ttizdan ortiq millat va elat vakillari ahil-inoq hayot kechirmoqda. Turli millatlar madaniy qadriyatlarini asrab-avaylash, yanada rivojlantirish, ularni yagona maqsad – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish yo‘lida birlashtirishda Respublika Baynalmilal madaniyat markazining hissasi katta. Bugun bir yuz ellikdan ortiq milliy madaniyat markazlarini jamlagan ushbu jamoat tashkiloti tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 19 yilligi munosabati bilan turli ijodiy loyihalar, festivallar, ko‘rik-tanlovlar, uchrashuvlar, ijodiy anjumanlar, konsertlar, ko‘rgazmalar, jonli muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Yigirmadan ortiq fotografning o‘nlab ijodiy ishlari namoyish etilayotgan mazkur ko‘rgazmada bugungi tinch va farovon hayotimiz, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, yurtimizdagi mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik muhiti, samimiy va mehnatsevar xalqimizning buyuk bunyodkorlik salohiyati yorqin lavhalarda aks ettirilgan.

Tadbirda milliy madaniyat markazlarining konserti namoyish etildi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama