![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Yosh ijodkorlar anjumaniO‘zA, M.Sulaymonov, 26.08.2010 20:54 Andijon viloyati Shahrixon tumanida mustaqilligimizning o‘n to‘qqiz yilligiga bag‘ishlab “Shahrixonsoy mavjlari” deb nomlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan yosh ijodkorlar ishtirok etdi. Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda adabiyotni rivojlantirish, ijod ahlini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash alohida ahamiyatga ega. Prezidentimizning “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” risolasida bildirilgan fikrlar, 2010 yil 26 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida “Ijod” fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Mazkur anjuman ham ana shu ezgu maqsadlarga qaratilgandir. Anjumanda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Xurshida Qo‘chqorova va boshqalar mustaqillik yillarida ma’naviy-ma’rifiy sohani, jumladan adabiyotni rivojlantirish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini, yosh ijodkorlar safi tobora kengayayotganini ta’kidladilar. Yosh ijodkorlarning asarlari badiiy-g‘oyaviy jihatdan atroflicha tahlil etilib, ularga zarur tavsiya va maslahatlar berildi. Vatan va istiqlolni tarannum etuvchi she’rlar o‘qildi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |