![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Qo‘shiqlarda Vatan madhiO‘zA, N.Usmonova, 26.08.2010 20:02 Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta’sis etilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko‘rik-tanlovi yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, yurt taqdiri uchun daxldorlik ruhida tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida 26 avgust kuni ushbu ijodiy tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbarining 2009 yil 7 aprelda qabul qilingan “gonasan, muqaddas Vatan!”respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”i qarori xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, vatanparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan mazmunan teran, badiiy yetuk qo‘shiqlar yaratishni rag‘batlantirishda muhim omil bo‘lmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – Vatanni sharaflaydigan, yurtparvarlik, fidoyilik fazilatlarini tarannum etadigan eng yaxshi qo‘shiqlarni tanlash va xalqimizning ma’naviy mulkiga aylantirishdan iboratdir. Ushbu ko‘rik-tanlovda yoshi, kasbu koridan qat’i nazar minglab yurtdoshlarimiz faol ishtirok etgani quvonarlidir. Tanlovning O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat va sport ishlari, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi tizimidagi bosqichlari yuksak saviyada, ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgani buning yorqin dalilidir. Mazkur tanlov milliy musiqa san’atimizni izchil rivojlantirish bilan birga shoir, bastakor, xonanda o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, g‘oyaviy-badiiy yuksak musiqiy asarlar yaratishda muhim omil bo‘lmoqda. – Vatanga bo‘lgan cheksiz mehrimizni izhor etish, jonajon O‘zbekistonimizni tarannum etish – biz san’atkorlar uchun eng sharafli burchdir, – deydi O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova.– Xonanda uchun har bir qo‘shiq o‘z farzandi kabi ardoqli. Biroq Vatan haqida kuylamoq, bugungi saodatli kunlarimizni, istiqlolimizning bebaho ne’matlarini, xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini tarannum etmoq san’atkorga o‘zgacha sharaf bag‘ishlaydi, ayni chog‘da mas’uliyat yuklaydi. San’at va ma’naviyat bayrami sifatida o‘tkazilgan ushbu tanlov yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodini elga tanishtirish, har jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish imkonini bermoqda. –Yurtimizda yoshlar kamoloti va istiqboli yo‘lida ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tiborga havas qilsa arziydi, – deydi O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining an’anaviy xonandalik fakulteti talabasi, «Nihol» mukofoti sovrindori Xurshida Jo‘rayeva. – Tanlov uchun taqdim etgan qo‘shig‘imda barkamol avlod kelajagi yo‘lidagi mehr va e’tiborni kuyga soldim. Shu tabarruk zaminga, buyuk ajdodlarimizga munosib farzand bo‘lmoq biz, yoshlarning chinakam burchimizdir. Tanlov yakuniga ko‘ra Jamshid Akbarov so‘zi, O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov musiqasi va ijrosidagi “Vatan alyori” qo‘shig‘i, Zamira Ro‘ziyeva she’ri, Abduhoshim Ismoilov musiqasi bilan O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova ijrosidagi “Inson aziz” qo‘shig‘i birinchi o‘ringa loyiq topildi. Zamira Ro‘ziyeva so‘zi, Avazbek Mallaboyev musiqasi bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Marat Hakimov ijrosidagi “Alpomish avlodlari”, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo she’ri, Farhod Abdullayev musiqasi bilan “Nihol” mukofoti sovrindori Xurshida Jo‘rayeva ijrosidagi “Barkamol avlodmiz” qo‘shig‘i ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Uchinchi o‘rin Hamid Olimjon she’ri, Rustam Abdullayev musiqasi bilan xonanda Shahnoza Otaboyeva ijrosidagi “O‘zbekiston” qo‘shig‘i, Oxunjon Hakimov she’ri, Muhsimbek Mo‘minov musiqasi bilan xonandalar Yahyobek va Muhsimbek Mo‘minov ijrosidagi “Yurtim” qo‘shig‘i uchun berildi. Tadbirda g‘oliblarga diplom va sovg‘alar topshirildi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |