![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Hunarda hikmat ko‘pO‘zA, SH.Xudoyberganov, 19.08.2010 15:01 Davlatimiz rahbarining shu yil 30 martda qabul qilingan “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni milliy hunarmandchilikka aholining keng qatlamini, ayniqsa, yoshlarni jalb etish ishlarini jadallashtirishda muhim omil bo‘lmoqda. Xorazm viloyatida 350 nafardan ziyod hunarmand faoliyat ko‘rsatmoqda. Vohada tashkil etilgan 20 dan ortiq “Usta-shogird” maktabida ko‘plab yoshlarga ajdodlardan meros milliy hunarmandchilik sir-asrori o‘rgatilayotir. Urganch shahrida yashovchi Farog‘at Sa’dullayevaning maktabida o‘nlab qizlar voha iqlim sharoitiga mos uy-ro‘zg‘or buyumlari, jumladan, beshik uchun govrapo‘sh tikish hunarini qunt bilan egallamoqda. Farog‘at opa va shogirdlarining mohir qo‘llarida sayqal topgan buyumlar xorijlik sayyohlarda ham katta qiziqish uyg‘otayotir. Xonqalik taniqli usta Mansurbek Quryazov esa mato, gips, qog‘oz, qamish kabi mahsulotlardan foydalangan holda bolalar ruhiyatiga mos, bejirim milliy o‘yinchoqlar yasash borasida boy tajribaga ega. “Tashabbus-2010” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Mansurbek ustaning mehr va did bilan tayyorlagan qo‘g‘irchoqlari Fransiya, Germaniya, Belgiya, Gretsiya, Ispaniya, Tailand, Rossiya kabi davlatlarda o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda namoyish etilgan. – Qo‘g‘irchoqning tashqi qiyofasi, libosi, bosh va oyoq kiyimi, hattoki zeb-ziynatlari ham bolajonlar qalbidagi milliy qadriyatlarimizga, ona diyorga bo‘lgan mehr-muhabbatni mustahkamlashga xizmat qilmog‘i zarur, – deydi Mansurbek Quryazov. – Har bir qo‘g‘irchoq yasalayotganida ana shu jihat alohida e’tiborga olinadi. Bu hunarga yoshlarimizning, xotin-qizlarning qiziqishi katta. Shu yil Nukus shahrida milliy qo‘g‘irchoqlar yasash bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti tashkil etilib, o‘nlab ayollarga mahorat sirlarini o‘rgatdim. Ushbu hunarni o‘rganishga qiziqadigan, qobiliyatli yigit-qizlar uchun “Usta-shogird” maktabi mavjud. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |