![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Tabarruk diyor madhiO‘zA, Nazokat Usmonova, 17.08.2010 17:32
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida Vatanimiz mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanloviga tasviriy va foto san’at yo‘nalishi bo‘yicha tushgan ijodiy ishlardan iborat badiiy ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmaning ochilishida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, rivojlantirish va yosh avlodga yetkazish, ijodkorlar uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlandi. Bunda o‘tkazilayotgan turli ko‘rik-tanlov, festival va anjumanlarning ahamiyati yuqori bo‘layotir. “Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanlovi bu yil “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” shiori ostida o‘tmoqda. Tanlovda ishtirok etish istagidagi ijodkorlar safi yil sayin kengayib borayotgani barobarida ijodiy ishlar sifati, saviyasi ham tobora yuksalayotir. Tasviriy va foto san’at yo‘nalishi bo‘yicha taqdim etilgan ishlar janr, uslub va mavzu bo‘yicha rang-barang va qamrovi kengdir. Asarlarda istiqlolimizning har bir yurtdoshimiz hayotidagi in’ikosi, barcha jabhalarda erishayotgan yutuqlarimiz, tinch, osuda va farovon hayotimiz, xalqimizning buyuk bunyodkorlik salohiyati, samimiy va mehnatkash hamyurtlarimiz qiyofasi yorqin ranglarda tasvirlangan. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |