Madaniyat

Yurtimiz foto san’ati Mo‘g‘ulistonda

O‘zA, Nazokat Usmonova, 16.08.2010 18:35

Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimiz, ayniqsa yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash, milliy san’atni izchil ravnaq toptirish borasida ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor o‘z samaralarini bermoqda.

O‘zbek foto san’ati sohasida xalqaro hamkorlikning yanada kengayib, mustahkamlanayotgani, o‘zbek fotografiya san’ati va madaniyatiga oid xalqaro ko‘rgazmalar, ijodiy festivallar va anjumanlarning muvaffaqiyatli o‘tkazilayotgani buning dalilidir.

Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahridagi zamonaviy san’at milliy galereyasida «O‘zbek fotografiya san’atining 125 yilligi» mavzuida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Toshkent Fotosuratlar uyidan ma’lum qilishlaricha, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma mo‘g‘ulistonlik san’at ixlosmandlarida katta taassurot qoldirdi.

Yurtimiz foto san’atining tarixi, bugungi kuni va istiqboli haqida atroflicha ma’lumot beruvchi ushbu ko‘rgazmada turli yillarda tasvirga olingan ellikdan ziyod surat namoyish etildi. Ular orasida o‘zbek foto san’ati maktabi asoschisi Xudoybergan Devonov tomonidan olingan suratlar ham bor.

Ko‘rgazmada namoyish etilgan ijodiy ishlar orasida, ayniqsa, istiqlol yillari barcha jabhalarda erishgan yutuqlarimiz, tinch, osuda va farovon hayotimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, jonajon O‘zbekistonimizning betakror tabiati, obod shahar va qishloqlar, tarixiy obidalar, mehnatkash, samimiy va bag‘rikeng hamyurtlarimiz faoliyati, yoshlarga ko‘rsatilayotgan yuksak mehr va e’tibor aks ettirilgan fotoasarlar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama