![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
“Nihol” mukofotining yangi sohiblari aniqlandiO‘zA, Nazokat Usmonova, 15.08.2010 11:14
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlod ongi va qalbida ezgu g‘oyalarni qaror toptirish, ularni yuksak insoniy fazilatlar, mustaqil va sog‘lom tafakkur sohiblari etib voyaga yetkazishning muhim vositasi sifatida milliy san’atimiz, jumladan, musiqa san’atini izchil rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofotining ta’sis etilgani milliy musiqa san’atimizni yanada ravnaq toptirish, g‘oyaviy-badiiy teran asarlarni yaratish, o‘z uslubiga ega qobiliyatli ijrochilarni aniqlash, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish imkonini berayotgani buning amaldagi yorqin ifodasidir. 14 avgust kuni poytaxtimizdagi «Istiqlol» saroyida ushbu mukofotning 2010 yilgi sohiblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, san’at ixlosmandlari, musiqa sohasida izlanayotgan yoshlar, ularning ustoz va murabbiylari, ota-onalari, talaba-yoshlar taklif etildi. Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqil demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, xalqimiz farovonligini yanada oshirishdek ulug‘ maqsadlar yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlarda yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, dunyoda hech kimda kam bo‘lmagan insonlar etib tarbiyalash, ularning beg‘ubor orzu-umidlariga qanot bag‘ishlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bu jihatlar musiqa san’atini rivojlantirish orqali yosh iqtidor egalarini aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, yangi ijodiy marralar sari ilhomlantirishdek ezgu ishlarda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Yurtimizda o‘tkazilayotgan turli festival va tanlovlar iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning ijodini targ‘ib va tashviq etish, faoliyatini yangi, yanada yuksak talab va mezonlar asosida tashkil etish imkonini bermoqda. Yosh iste’dodlarni kashf etishda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ta’sis etilgan «Nihol» mukofotining o‘rni va ahamiyati g‘oyat katta. Har yili ushbu ko‘rik-tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlari yuqori saviyada, ko‘tarinki va bayramona ruhda, ayni paytda qat’iy badiiy talab va mezonlar asosida o‘tkazilayotgani, unda ishtirok etish istagidagi yoshlar ko‘payatgani «Nihol» mukofotining nufuzi oshib borayotnidan dalolatdir. Jumladan, tanlovning joriy yilgi tuman, shahar, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi saralash bosqichlarida o‘n ming nafarga yaqin yigit-qiz ishtirok etgani buning dalilidir. Ushbu mukofot uchun o‘tkazilgan tanlov estrada san’ati, musiqa ijrochiligi, mumtoz qo‘shiq, opera ijrochiligi, raqs san’ati yo‘nalishlarida bir necha bosqichda o‘tkazildi. Ayni paytda chekka hududlardagi yosh iste’dodlarni aniqlashga alohida e’tibor qaratilib, joylarda mukofot uchun saralash ko‘rik-tanlovlari keng jamoatchilik muhokamasi asosida g‘oyat qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. 2010 yilda «Nihol» mukofotiga mumtoz qo‘shiqchilik yo‘nalishi bo‘yicha – Lola Maxamatdinova, Janibek Piyazov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), Ro‘zixon Nurmatova (Andijon viloyati), Yulduz Turdiyeva (Buxoro viloyati), Sayyora Mamatqulova (Farg‘ona viloyati), estrada san’ati yo‘nalishi bo‘yicha – Malika Egamberdiyeva (Namangan viloyati), Madinabonu Musayeva, «Durdona» guruhi (Toshkent shahri), opera ijrochiligi bo‘yicha – Ma’sumaxon Boltaboyeva, Barnoxon Ismatullayeva (Toshkent shahri), raqs san’ati yo‘nalishi bo‘yicha Nigina Shoraxmetova (Toshkent shahri), Dilnoza Ortiqova (Xorazm viloyati) loyiq topildi. – Yurtimizda yoshlarning jahon andozalari darajasida bilim olishi, yuksak ma’naviyatli inson bo‘lib voyaga yetishi, o‘z qobiliyati va iqtidorini keng namoyon etishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan,- deydi «Nihol» mukofoti sovrindori, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining musiqa fakulteti talabasi Lola Maxamatdinova. – Biz, yoshlar bunday imkoniyatlarga munosib bo‘lmog‘imiz, o‘z ijodimiz, mehnatimiz bilan mustaqilligimizni mustahkamlashga, uning saodatli ne’matlarini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga munosib hissa qo‘shmog‘imiz darkor. Tadbirda sovrindorlarga mukofotlar tantanali tarzda topshirildi. San’at ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Oripov ishtirok etdi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |