Madaniyat

Onalar qo‘shig‘i – qalb izhori

O‘zA, L.Suvonov, 13.08.2010 16:24

O‘rtachirchiq tumanidagi “Qumovul” qishloq fuqarolar yig‘inida “Onalar kuylaganda…” an’anaviy ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan qabul qilingan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Toshkent viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi, madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, “Mahalla” jamg‘armasi viloyat bo‘limi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbir milliy qadriyatlarimizni tiklash, noyob madaniy merosimiz sarchashmalarini asrab-avaylash, xalqimiz dahosini o‘zida mujassam etgan ezgu qadriyatlarimizni yoshlar ongiga chuqur singdirishga qaratilgan.

Tanlovda quyi bosqichlarda saralangan yuz nafardan ortiq iste’dod sohibalari alla, yor-yor, lapar, aytishuv, o‘lan aytish bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi.

– Tanlovdan asosiy maqsad xotin-qizlar o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlari, xalq og‘zaki ijodi kabi boy madaniy merosini qayta tiklashdan iborat, – deydi Toshkent viloyati hokimligi oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kotibiyati mudiri Fazilat Yunusova. – Shu bilan birga mazkur tanlov yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan alla, lapar va o‘lanlarni qayta tiklash, folklor-etnografik jamoalarni qo‘llab-quvvatlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tanlovda Chirchiq shahar jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Ohangaron shahri va Toshkent tumani vakillariga nasib etdi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama