Madaniyat

Mahallamiz tarixini o‘rganamiz

O‘zA, A.Muhammadiyev, 13.08.2010 16:11

Qashqadaryo viloyatida eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami arafasida “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” shiori ostida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Qarshi shahar istirohat bog‘ida o‘tkazilgan “Mening mahallam tarixi” mavzuidagi tadbirda viloyat markazidagi 62 mahalla vakillari ishtirok etdi. Unda milliy hunarmandchiligimiz an’analarini davom ettirayotgan usta-shogirdlar, ijodkor yoshlar o‘z mahallalari tarixi, o‘ziga xos udumlari, milliy qadriyatlarimiz va tadbirkorlik sohasidagi bilimlarini badiiy chiqishlar orqali namoyish etdi.

Qizg‘in bellashuvlar tarzida o‘tgan tadbirda Roguzar mahallasi jamoasi birinchi, Paxtazor, Qo‘rg‘oncha va Arabxona mahallalari vakillari keyingi o‘rinlarni egalladi.

– Mahallamiz jamoasi barcha bayram tadbirlarida faol ishtirok etadi, – deydi Roguzar mahallasining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Matluba Xolmurodova. – Mustaqilligimizning 19 yilligi oldidan o‘tkazilgan mazkur tadbirda mahallamiz tadbirkorlaridan biri Hamida Bo‘ronova tomonidan tashkil etilgan milliy kiyimlar, to‘y liboslari va boshqa tikuvchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi yuqori baholandi. Bu mahsulotlarni mahallamizning chevar qizlari mahorat bilan tayyorlagan.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama