![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Orolbo‘yini tarannum etayotganlarO‘zA, A.Ortiqboyev, 13.08.2010 15:23 Istiqlol bayrami arafasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi yakunlandi. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Badiiy akademiya, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu tanlovda jurnalistlar, rassomlar, shoir va yozuvchilar yurtimizda istiqlol yillarida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari tasvirlangan ijod namunalari bilan ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, turli nominatsiyalar bo‘yicha “Qoraqalpoqfilm” studiyasi kinooperatori Asenboy Asqarov, “Amudaryo” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, shoira Nabira To‘reshova, “Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasi mas’ul kotibi O‘rozboy Satboyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati rassomlik fani o‘qituvchisi Najmatdin Shukurullayev, Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi direktori o‘rinbosari Mambet Sa’dullayev, “Qoraqalpog‘iston” radiokanali katta muharriri Ulmeken Polvonniyozova g‘olib deb topildi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |