Madaniyat

“Nihol” mukofoti tanlovining saralash bosqichlari

12.03.2010 18:30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan ta’sis etilgan “Nihol” mukofoti iste’dodli yoshlarning jamiyatimiz ma’naviy hayotini yuksaltirishdagi muhim o‘rnini inobatga olib, o‘zining estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, raqs va opera san’ati ijrochiligi sohasidagi mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, yoshlarni ezgulikka chorlaydigan, ma’naviy barkamol insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik ko‘rsatayotgan 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlarni muntazam rag‘batlantirib borish maqsadida beriladi.

“Nihol” mukofotining birinchi saralash bosqichi Respublikamiz shahar-tumanlarida joriy yilning 15 aprelidan 15 mayigacha, ikkinchi saralash bosqichi 15 maydan 15 iyungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida o‘tkaziladi.

Talab etiladigan hujjatlar:

1. Doimiy o‘qish yoki ish joyidan berilgan va tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlangan ijodiy tavsifnoma (elektron varianti bilan);

2. Ma’lumotnoma-obyektivka (elektron varianti bilan);

3. Pasport nusxasi;

4. Diplom nusxasi yoki ta’lim olayotgan o‘quv yurtidan ma’lumotnoma;

5. Tarjimai holi;

6. 8 dona fotosurat (4 dona 10×15, 2 dona 3×4 va 2 dona ijodiy jarayondagi surat);

7. Repertuar ro‘yxati (qo‘shiq nomi, matn muallifi va bastakori);

8. Video (DYD) albomlari;

9. Tanlovlarda qatnashganligi haqidagi diplom yoki sertifikat nusxasi (agar bo‘lsa);

10. Ommaviy axborot vositalarida nomzod haqida berilgan ko‘rsatuv, eshittirishlar va maqolalar nusxasi (agar bo‘lsa).

Nomzodlarning hujjatlari joylardagi madaniyat va sport ishlari bo‘limlari tomonidan qabul qilinadi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama