Madaniyat

San’at sari ilk qadam

O‘zA, Nazokat Usmonova, 27.02.2010 09:51

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvon saroyida “San’atga qadam” mavzuidagi badiiy ko‘rgazma boshlandi. Unda yosh musavvir Rashid Xo‘janiyozov asarlari namoyish etilmoqda.

Yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, uning iste’dodini yuzaga chiqarishga ko‘maklashishga mamlakatimizda alohida e’tibor qaratilmoqda. «Barkamol avlod yili» Davlat dasturida iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

Ko‘rgazmada Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi R.Xo‘janiyozovning ellikka yaqin ijodiy ishi namoyish etilmoqda.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama