Madaniyat

Qo‘shiqlarda vatan madhi

O‘zA, A.Sattorov, 23.02.2010 16:03

“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi asosida Namangan viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tomonidan yosh ijrochilar ishtirokida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” deb nomlangan xayriya konsertlari o‘tkazilmoqda.

Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan konsertda “Nihol” mukofoti sohibi Shavkat Ergashev, “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari Hasan va Husan Botirovlar, “Kelajak ovozi” ko‘rik-tanlovi g‘olibi Durdona Ismonova, Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi viloyat bo‘limi xonandalari, badiiy jamoalar Vatan, istiqlol, yoshlikni tarannum etuvchi qo‘shiqlarini muxlislar e’tiboriga havola etdi.

– Ushbu tadbirlarni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularda milliy san’atimizga bo‘lgan muhabbat hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishdan iborat, – deydi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Shuhrat Akrolov. – Bunday tadbirlar yoshlarimizda qiziqish uyg‘otmoqda shu bois tumanlarda ham uchrashuv va konsertlar o‘tkaziladi.

So‘nggi yangiliklar:

Dolzarb vazifalarga bag‘ishlandi

Ustuvor vazifalar belgilandi

Yigitlar xizmatga yo‘l oldi

Ob-havo ma’lumoti

Konsalting xizmatlari rivojlanmoqda

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama