![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Tanlovning nufuzi oshmoqdaO‘zA, Yorqul Umar, 19.02.2010 14:30 Prezidentimiz tashabbusi bilan iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’sis etilgan “Nihol” mukofoti ko‘rik-tanlovining nufuzi yildan yilga oshib bormoqda. O‘tgan yili tanlovning saralash bosqichlarida to‘qqiz mingdan ziyod yigit-qiz ishtirok etgani buning dalilidir. Navoiy viloyatida ham iste’dodli yoshlarning katta san’at yo‘liga chiqishiga ko‘maklashish, mahoratini oshirish, ijodiy rag‘batlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Nihol” mukofoti ko‘rik-tanlovining shahar, tuman, viloyat bosqichlarini yuqori saviyada, xolislik asosida o‘tkazishga, ishtirokchilarga teng sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotir. – Ayni kunlarda ushbu tanlovga tayyorgarlik ishlari qizg‘in bormoqda, – deydi Navoiy viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Mamarajabov. – Xalqimiz san’atni qadrlaydi. Uy to‘riga dutor yoki do‘mbira ilib qo‘yilgan, farzandlari san’atga oshno bo‘lib o‘sayotgan xonadonlar ko‘p. Ana shu san’atsevar, qobiliyatli yoshlarning kamolotida “Nihol” mukofoti ko‘rik-tanlovi muhim o‘rin tutmoqda. O‘tgan yili tanlovning saralash bosqichlarida 200 nafardan ziyod yosh iqtidor egalari ishtirok etdi. Bu yilgi tanlovga olis qishloq va ovul yoshlarini ko‘proq jalb etishni mo‘ljallamoqdamiz. Mahorat maktabi vazifasini o‘tayotgan turli festivallar va san’at bayramlari mazkur tanlovga munosib nomzodlarni tanlash imkonini beradi. Shu maqsadda Qiziltepa hamda Nurota tumanlarida muntazam san’at festivallari tashkil etilmoqda, qishloq tumanlarda har oyda bir marta madaniyat va sport kunlari o‘tkazilayotir. Hozir viloyatda Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli “Farhod”, “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Shirin”, Zarafshon shahridagi “Oltin vodiy”, Uchquduq shahridagi “Sovremennik” madaniyat saroylari hamda Konimex, Xatirchi, Nurota, Qiziltepa, Navbahor, Karmana, Tomdi tumanlarida yigirmadan ziyod ashula va raqs ansambllari faoliyat ko‘rsatmoqda. Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyi yirik madaniyat dargohlaridan biridir. Bu yerda tashkil etilgan yetmishdan ortiq to‘garakda ikki mingdan ziyod san’atga ixlosmand yigit-qiz o‘z mahoratini oshirmoqda. Mazkur madaniyat saroyi xonandalari Sherzod Davronov va Suhrob Kenjayev “Nihol” mukofoti sovrindorlari qatoridan o‘rin olgan. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |