Madaniyat

Talabalar ko‘rgazmasi

O‘zA, A.Ortiqboyev, 13.02.2010 09:22

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining ko‘rgazmalar zalida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti faoliyatiga bag‘ishlangan rasmlar ko‘rgazmasi ochildi.

Orolbo‘yida fan, ta’lim va madaniyatning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ushbu nufuzli bilim dargohining tarixi, bugungi faoliyati haqida hikoya qiluvchi ko‘rgazma ekspozitsiyasining asosiy qismini talaba-yoshlar ijodiga mansub tasviriy san’at asarlari tashkil etadi.

Ko‘rgazmadan o‘rin olgan asarlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirmoqda.

– Bu asarlar yosh iste’dod egalarining kelajakda yetuk mo‘yqalam sohiblari bo‘lib yetishishidan darak berib turibdi, – deydi san’atshunos Gulbahor Juzimbetova. – Ularda tasvirlangan tabiat manzaralari, hayotiy lavhalarda yoshlarning o‘z Vatani va xalqiga sadoqati, ta’lim olayotgan ma’rifat dargohiga bo‘lgan hurmat-ehtiromi aks etgan.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama