![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Qadriyatlarimiz sarchashmasiO‘zA, B.Xidirova, 12.02.2010 13:24 Mamlakatimizning barcha hududlarida buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjumanlar, badiiy kechalar, mushoiralar tashkil etilmoqda. Temuriylar tarixi davlat muzeyida Toshkent pedagogika kolleji bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuv ham ulug‘ mutafakkirlarning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlandi. Tadbirda ta’kidlanganidek, Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ma’naviy-ma’rifiy jabhada olib borilayotgan islohotlar jarayonida ulug‘ siymolarning hayoti, ijodi va faoliyatini teran tadqiq etish, asarlarini asl holicha o‘rganish va xalqimizga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buni Navoiy va Boburning asarlari chuqur o‘rganilayotganida ham ko‘rish mumkin. Ulug‘ mutafakkirlarimizning ma’naviy merosida ilgari surilgan milliy va umuminsoniy tushunchalarni yoshlar ongiga chuqur singdirish, kelajak egalarini azaliy qadriyatlarimizga ehtirom ruhida tarbiyalash doimiy e’tiborda. Bu boradagi vazifalarni hayotga tatbiq etishda ta’lim, ilm-fan maskanlari va muzeylar hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgani o‘z samarasini berayotir. Temuriylar tarixi davlat muzeyida an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, g‘azalxonlik kechalari, olimlar va yetuk mutaxassislar bilan yoshlarning ijodiy uchrashuvlarida navqiron avlodga tariximizni chuqur o‘rgatish, ularning ta’lim muassasalarida olgan bilimini mustahkamlashga ko‘maklashish, yoshlarni o‘tmishimizning boy qirralari bilan yaqindan tanishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbirda olim va mutaxassislarning Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ma’naviy merosini tadqiq etish borasida erishilayotgan natijalar, buyuk mutafakkirlarimiz ijodida aks etgan ezgu g‘oyalarning inson kamolotidagi o‘rniga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |