Madaniyat

Tuganmas ilhom manbai

O‘zA, Nazokat Usmonova, 11.02.2010 16:00

Poytaxtimizdagi Milliy san’at markazida Alisher Navoiy tavalludining 569 yilligiga bag‘ishlangan tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmasi ochildi. “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada taniqli musavvir Jamol Usmonovning ulug‘ mutafakkir asarlari asosida ishlagan kartinalari namoyish etilmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida boy ma’naviy sarchashmalarimiz, jumladan Alisher Navoiy ijodini chuqur va mukammal tadqiq etish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Tariximiz, ma’naviy merosimiz, adabiyotimizni xolis va haqqoniy, ayni paytda chuqur badiiy, ilmiy yondashuv asosida o‘rganilayotgani buning dalilidir.

Shoir ijodi yozuvchi va shoirlar, olimlar, musiqachilar kabi musavvirlar uchun ham tuganmas ilhom manbaidir. Ulug‘ mutafakkir ijodidan Chingiz Ahmarov, Bahodir Jalolov, Javlon Umarbekov, Shomahmud Muhammadjonov, Temur Sa’dullo kabi zabardast mo‘yqalam sohiblari bahramand bo‘lib, o‘zlarining eng go‘zal kartinalarini yaratgan.

Shoirning “Lison ut-tayr”, “Sab’ai sayyor”, “Xazoyin ul-maoniy” asarlari asosida musavvir J.Usmonov tomonidan yaratilgan turkum kartinalar san’at ixlosmandlarini hayotning mazmun-mohiyatini anglab yetish, komillik sari intilish kabi g‘oyalar haqida chuqur mushohadaga chorlaydi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama