Madaniyat

Yoshlar asarlari ko‘rgazmasi

O‘zA, Yorqul Umar, 11.02.2010 12:22

Navoiy viloyati axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan “Qadriyatlarni qadrlagan yoshlar” mavzuidagi ko‘rgazmadan iqtidorli o‘quvchi-yoshlarning asarlari o‘rin oldi.

Barkamol avlod yiliga bag‘ishlangan mazkur ko‘rgazmani o‘tkazishdan maqsad yosh iste’dod egalarini aniqlash va munosib rag‘batlantirishdan iboratdir. Ko‘rgazma ishtirokchilarining yurt va tabiat manzaralari, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, mustaqillik yillarida erishilayotgan yutuqlar aks ettirilgan rasmlari san’at ixlosmandlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir doirasida o‘quvchi-yoshlarning ijodiy ishlari mutaxassislar tomonidan baholanib, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

– Bolaligimdan rasm chizishga qiziqaman, – deydi ko‘rgazma g‘olibi, Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi akademik litsey o‘quvchisi Sitora Hazratova. – Ushbu ko‘rgazmada yurtimiz jamolini rangli bo‘yoqlarda ifodalagan rasmlarim bilan qatnashdim. Mamlakatimizda biz, yoshlarning har tomonlama barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishimiz, iqtidorimizni ro‘yobga chiqarishimiz uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanib, yanada ko‘proq o‘qib-o‘rganishim, izlanishim kerakligini chuqur his etdim.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama