Madaniyat

Maktabda navoiyxonlik kechasi

O‘zA, Bayram Aytmurodov, 09.02.2010 18:27

Ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 569 yilligi munosabati bilan yurtimizdagi ta’lim muassasalarida ham ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, navoiyxonlik kechalari o‘tkazilmoqda.

Poytaxtimizning Bektemir tumanidagi 289-maktabda tuman xalq ta’limi bo‘limi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi tomonidan o‘tkazilgan ana shunday tadbirda shoir va yozuvchilar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash, ma’naviyatini yuksaltirish jarayonida ulug‘ ajdodlarimizning boy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Yosh avlodda vatanparvarlik, yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmatni shakllantirishda bobokalonimiz Alisher Navoiyning bebaho ijodiy merosining o‘rni beqiyosdir. Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda Alisher Navoiyning bebaho merosi qudratli ma’rifiy qurol ekanligi alohida ta’kidlangan.

– Umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan ko‘plab darsliklar Alisher Navoiyning yosh avlodga o‘gitlari bilan boyitilgan, – deydi maktab direktori Muqaddas Ahmedova. – O‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan navoiyxonlik kechalari, shoir hayoti va ijodiga, asarlariga bag‘ishlangan ko‘rik-tanlovlar yoshlarimizni mutafakkir yaratgan bebaho merosdan bahramand etishga, ularning ruhiy olamini, dunyoqarashini ezgu g‘oyalar bilan boyitishga xizmat qilmoqda.

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan Alisher Navoiy asarlaridan namunalar, shoir g‘azallari bilan aytiluvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama