Madaniyat

Vatan mehri bilan yo‘g‘rilgan asarlar

O‘zA, Nazokat Usmonova, 05.02.2010 18:37

Toshkent Fotosuratlar uyida “Vatan mehri bilan yo‘g‘rilgan ijod” mavzuidagi ko‘rgazma tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zolari – akademik musavvirlarning ijod namunalari san’at muxlislari e’tiboriga havola etilmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimiz, ayniqsa yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, milliy an’ana va qadriyatlarimizni keng targ‘ib va tashviq etish, milliy san’atimiz, jumladan, tasviriy san’at sohasini izchil rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor yuksak samaralar bermoqda. Yurtimiz tasviriy san’atining o‘ziga xos maktablarini qayta tiklash, badiiy ta’limni takomillashtirish, hamyurtlarimizni milliy va jahon tasviriy san’atining so‘nggi yutuq va yangiliklaridan bahramand etish bu borada amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning yorqin dalilidir.

Mo‘yqalam sohiblarini qo‘llab-quvvatlash, ularni har jihatdan rag‘batlantirish, erkin va samarali ijod qilishi uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda Vatanimiz taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari, xalqimizning yaratuvchanlik salohiyati ijodkorlar uchun asosiy ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ushbu ko‘rgazmadan o‘ttiz nafarga yaqin akademik-rassomning asarlari joy olgan. Ularda yuksak mahorat, badiiy mukammallik, nazariy bilim va amaliy mahoratning o‘zaro uyg‘unligi, tasviriy san’atning eng yaxshi an’analarini saqlash va rivojlantirishga bo‘lgan intilish ustuvor ekanini yaqqol his etish mumkin. Sa’dulla Abdullayev, Javlon Umarbekov, Akmal Nur, Lekim Ibrohimov, Akmal Ikromjonov singari mo‘yqalam sohiblari bilan birga Ortiq Fayzullayev, Akbar Rahimov, Sharofiddin Yusupov, Alisher Nazrullayev, Tursun Ali singari yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik, badiiy fotografiya ustalarining ijod namunalari bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama