Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.02.2018 12:02 Chop etish versiyasi

...O‘ZGACHA

...O‘ZGACHA
Navoiy.jpg
Alisher Navoiy

Vahki, chamandin yana esdi shamol o‘zgacha,
Har dam o‘lur atridin ko‘nglima hol o‘zgacha.

Bulbulu qumri chekib lahnu navo o‘zga nav’,
Ko‘rguzadur sarvi gul g‘anju dalol o‘zgacha.

Savsan o‘lub sarbaland, g‘uncha qilib no‘shxand,
Elga alardin yetib daf’i malol o‘zgacha.

Sunbuli purtob ham, lolai serob ham,
Dud ila o‘tdin bo‘lub shibhu misol o‘zgacha.

Kirdi magar dilbarim, hur pari paykarim,
Gulshan aro ko‘nglida fikru xayol o‘zgacha.

Bo‘lsa manga dog‘i yo‘l, andaki aysh aylar ul,
Qilsam edi mast o‘lub qolu maqol o‘zgacha.

Umri abad topqamen, tutsa manga bir qadah,
Nash’ai maydin anga husnu jamol o‘zgacha.

Dahrda yo‘qtur karam, dahrning ahlida ham,
Qilmag‘asen, ey ko‘ngil, fikri muhol o‘zgacha.

Zuhd. Navoiy sanga bermadi masjidda fayz,
Emdi kirib dayr aro, tarhni sol o‘zgacha.


6 191