Zararni viloyat hokimliklari qoplab beradi
Mamlakatimizning turli hududlarida “Erkin iqtisodiy zona”lar tashkil etilmoqda. Ayni vaqtda ularga yer uchastkalari ajratish, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlari bilan barqaror ta’minlash borasida nimalar qilinmoqda?
Mamlakatimizning turli hududlarida “Erkin iqtisodiy zona”lar tashkil etilmoqda. Ayni vaqtda ularga yer uchastkalari ajratish, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlari bilan barqaror ta’minlash borasida nimalar qilinmoqda?O‘zbekiston Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 26-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi” nizomda yer uchastkalarini ajratish muddati 16 kundan oshmasligi belgilangan. Shuningdek, yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari va mulkdorlarining zararlari, Yer kodeksida nazarda tutilgan qishloq va o‘rmon xo‘jaligidagi nes-nobud qilishlar tegishli viloyatlar hokimliklari tomonidan mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Erkin iqtisodiy zonalarni ishlab chiqarish va kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari qabul qilingan.
Mazkur qarorlar asosida tasdiqlangan dasturga ko‘ra, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekenergo”, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatlari, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi hamda respublika va hududiy darajadagi muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchilar EIZ qatnashchilarini kommunikatsiyalarga, ishlab chiqarish maydonchalariga o‘z vaqtida kafolatli ulanishini ta’minlaydi.