Mamlakatimizda qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash, namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joylar qurish hisobiga qishloq aholisining hayot darajasi va sifatini oshirish, qishloqda muhandislik va transport kommunikatsiyalarini, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabrdagi "2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida"gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Mazkur qaror ijrosi qishloq aholisining keng qatlami uchun zamonaviy va shinam uylardan foydalanish darajasini tubdan oshirishga, yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga va qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Milliy matbuot markazida qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish dasturining amaldagi ijrosiga bag‘ishlangan anjumanda shular xususida so‘z yuritildi.

– Dasturda narx parametrlari va shinamliligiga ko‘ra yakka tartibdagi uy-joylar namunalarining uchta eng arzon turlarini qo‘shimcha ravishda barpo etish nazarda tutilgan, – deydi «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi bosh muhandisi Jahongir Ibrohimov. – Agar 2009-yilda qabul qilingan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joylar qurish dasturiga ko‘ra uy quruvchining dastlabki badali 25 foizni tashkil etgan bo‘lsa, yangi dasturda ushbu badal birinchi va ikkinchi turdagi uylarni quruvchilar uchun 15 foizdan iborat. Dasturda joriy yilda 15 mingta yangi uy va xonadon qurish nazarda tutilgan. Hozirgacha tanlangan tumanlarda 546 uy tajriba tariqasida qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ko‘p xonadonli uylar mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy qurilish materiallari asosida barpo etiladi. Har bir massivning bosh rejasida xizmat ko‘rsatish obyektlari, sport maydonchalari va muhandislik tarmoqlari, hovli qismida bolalar maydoni, uy egalari dam olishlari uchun sharoitlar e’tiborga olingan. Energiyani tejaydigan mahalliy materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishning yanada kengaytirilishi barpo etilayotgan uylarning tannarxi pasayishiga hamda aholining barcha qatlami uchun maqbul narxlar belgilanishiga xizmat qilmoqda.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni dastlabki tanlash bo‘yicha tizimning ochiqligi va ishonchliligi tamoyilidan kelib chiqib, qishloq joylarda arzon uy-joylarni qurishda talabgorlarni tanlab olishni amalga oshiradi.

Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy uy-joy qurilishi ko‘lami kengaymoqda