Namanganda “Polimerli kompozitlar fizikasi va kimyosi hamda konstruksion materiallar texnologiyasining dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi, Umumiy va noorganik kimyo institutlari, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Namangan davlat universiteti, Namangan muhandislik-texnologiya, Toshkent temir yo‘l muhandislari institutlari, “Fan va taraqqiyot” davlat unitar korxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Xitoy, Yaponiya, Malayziya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistonning yetakchi olimlari ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda davlat innovatsion siyosatini kengaytirish va chuqurlashtirish, pirovardida iqtisodiyotni yanada yuksaltirish maqsadida zamonaviy polimer sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Bugungi kunda ilmiy-texnik yuksalish ko‘proq kimyoviy, fizik, mexanik va ekspluatatsion xossali yangi materiallar yaratish yo‘llarini tadqiq qilishga bog‘liq va bular orasida polimer kompozit materiallari o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bu boradagi izlanishlar natijasi yurtimiz iqtisodiyotining turli sohalarida polimer kompozit materiallarga o‘sib borayotgan ehtiyojni ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro yuqori texnologik mahsulotlar bozoridagi mavqeini yuksaltirishga xizmat qiladi.

– Bunday tadbirlar dunyoning turli davlatlarida polimerlar va polimer kompozit hamda konstruksion materiallar texnologiyasi sohasida ilmiy-tadqiqot olib borayotgan olimlar bilan fikr almashish, hamkorlikni kengaytirish, muammolarga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Namangan davlat universiteti rektori A.Umarov. – Kimyo va fizika sohalarida izlanish olib borayotgan universitetimiz professor-o‘qituvchilarining malaka oshirishi, ilmiy stajirovkalari, yosh mutaxassislar tayyorlashga yetuk olimlarni jalb etish yuzasidan memorandum va boshqa kelishuvlar imzolangani biz uchun yanada ahamiyatli bo‘ldi.

Anjumanda “Kompozitlar texnologiyasi, sintezi va modifikatsiyasining dolzarb masalalari”, “Funksional polimerli nanokompozitlarni rivojlantirish istiqbollari”, “Tabiiy va sintetik polimerlarni olish va qayta ishlash istiqbollari”, “Polimer va kompozit materiallarni o‘qitishning zamonaviy uslublari”, “Tabiiy shifobaxsh kompozitlar kimyosi, texnologiyasi, qo‘llanilishi” kabi yo‘nalishlarda ilmiy ma’ruzalar tinglandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy polimer sanoati: istiqbol va amaliyot