Buxoroda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi “Yoshlar qanoti” Prezidentimizning 2017- yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida qo‘sh loyihani amalga oshirdi.

“Yoshlar bandligini ta’minlash – eng muhim vazifamiz” shiori ostida “Buxoro brilliant silk” qo‘shma korxonasida o‘tkazilgan tadbir shulardan biri. Vaqtincha ishsiz, uyushmagan yoshlar zamonaviy korxona sexlari bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Natijada qator yoshlar ishli bo‘ldi.

– Kasb-hunar kollejini bitirgach, o‘zimga ma’qul ish topolmay turgan edim, – deydi B.Temirov. – Pilla xomashyosini qayta ishlash korxonasining yigiruv sexiga ishga kirdim. Oilamiz farovonligini ta’minlashga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman.

Shu kuni Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida o‘tkazilgan tadbir ham yoshlar hayotida quvonchli voqea bo‘ldi. Bu yerda “Yosh liberallar” klubi tashkil etildi.

– Partiyaning asosiy dasturiy maqsadlari orasida yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan keng sharoit va imkoniyatlarni targ‘ib etish muhim o‘rin tutadi, – deydi partiya viloyat kengashining yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri A.Hakimov. – Negaki, navqiron avlodning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida yoshlarning deputatlik faoliyati bilan yaqindan tanishishi uchun imkoniyat yaratish, vakillik organlariga saylanadigan deputatlikka nomzodlarni tarbiyalash va tavsiya etish, partiya “Yoshlar qanoti” tashabbuskor yigit-qizlarni o‘z atrofida birlashtirishi nihoyatda dolzarb vazifa.

Yuqoridagi masalalarga yechim topishga ko‘maklashish o‘z atrofiga 9 mingdan ziyod yoshlarni birlashtirgan “Yoshlar qanoti” huzuridagi “Yosh liberallar” klubining asosiy vazifasi ekani ta’kidlandi.

Ishtirokchilar yangi loyiha yuzasidan fikr almashdi. “Yosh liberallar” klubi tashkil etilib, uning “Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish markazi” va “Kelajak deputatlari” guruhlari shakllantirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yoshlar qanoti”ning yangi loyihalari